«Ucell»da ochiq eshiklar kuni boʼlib oʼtdi
23.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 19-dekabr kuni Ucell Plaza bosh ofisida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) “Radio va mobil aloqa” fakulteti bakalavriat 4 — bosqich hamda magistratura talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi.

Talabalar kompaniyaning ofisiga tashrif buyurib, uning hayoti, ilhomlanishi va ish jarayoni qay tarzda kechishi haqida bilib oldilar.

Talabalar uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalarimiz uyali aloqalar boʼlimi haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlishdi. Chunki uyali aloqalar boʼlimi abonentlarni bir-biriga ulash, tayanch stantsiyalarni o’rnatish, tarmoqni yangilash, texnik vositalarni ishlatish va qo’llab-quvvatlash kabi ishlarni oʼz ichiga oladi. Shuningdek, talabalarimiz “Tarmoqga ulanishni rivojlantirish” bo’limi boshlig`i Nasretdin Saliev va boshqa mutaxassislar bilan shaxsan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Bugungi kunda kompaniyaning koʼp xodimlari, shu qatorda Oʼzbekistondagi «Ucell» kompaniyasining bosh direktori ham bir vaqtlar bizning universitet bitiruvchisi bo`lganligini taʼkidlab oʼtish joiz.

Talabalar, shuningdek, biznes sheriklik menejmenti xodimlari bilan uchrashdilar va kompaniyada amaliyot o’tash imkoniyatlari to’g’risida, muvaffaqiyatli xodim uchun zarur bo’lgan kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq