Malayziya bilan E-commerce va sanoat ishlanmalari sohasida hamkorlik oʻrnatiladi
23.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 17-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Malayziya ishbilarmon doiralarining mamlakatimizga tashrifi doirasida Malayziyaning “Cloud Union” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Malayziya ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad respublikada qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini oʻrganish va qoʻshma investitsiya loyihalari boʻyicha shartnomalar tuzishdan iborat. Oʻzbek mahsulotlarini Malayziyaga eksport qilish boʻyicha shartnomalar tuzish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.

“Cloud Union” kompaniyasi Janubiy-sharqiy Osiyoda elektron tijoratni rivojlantirish uchun maxsus elektron platformalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Kompaniya shuningdek onlayn bank xizmatlarini taqdim etish uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqadi.

Uchrashuv natijalariga koʻra Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Consumption Union Global Technology SDN BHD” kompaniyasi oʻrtasida Anglashuv memorandumini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi. Mazkur hujjat doirasida ochiq ilmiy-texnik axborot va innovatsion texnologiyalar almashinuvi, pilot, qoʻshma, ishlab chiqish va texnologik loyihalarni amalga oshirish, qurilish-loyihalash ishlarini amalga oshirish boʻyicha tajriba va mutaxassislar almashish, elektron tijorat va sanoat ishlanmalari kabi yoʻnalishlarda hamkorlik koʻzda tutilgan.

Malayziya tomoni Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnik uskunalarni, shuningdek, innovatsion texnoparklari bilan qoʻshma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashishni ham rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq