Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya berildi
23.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi PQ — 3926-sonli «O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2019-yil 20-dekabr kuni kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya «Kobea Group» kompaniyasiga (Koreya Respublikasi) berildi.

«Kobea Group» raqamli iqtisodiyotda turli yechimlarni, shu jumladan, blokcheyn texnologiyasini ishlab chiqishga ixtisoslashgan texnologik kompaniyadir.

Bergan bayonotiga ko‘ra, kompaniya kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligining barcha talablariga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarga (FATF tavsiyalari va rahbarlik hujjatlariga) muvofiq ravishda kripto-birja faoliyati bilan shug‘ullanish niyatidadir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq