Belarus Respublikasining LWO kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi
22.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yilning 21-dekabr kunida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Belarus Respublikasi Yuqori texnologiyalar bog‘ining rezidenti – Light Well Organization kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kompaniya nomidan uning direktori va ta’sischisi Oleg Kondratenko va tijorat direktori Sergey Slesarevlar tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni qarshi olgan shahar hokimi shaharda uy-joy cohasida xizmat ko‘rsatish, arxivlar, aholi hisobi, shahar va shaharliklar haqida turli ijtimoiy kesimlar asosida ma’lumot olish sohalaridagi kompaniyaning yechimlariga nisbatan qiziqish bildirdi.

Mehmonlar shahar hayotining barcha jabhalarida avtomatlashtirishga oid loyihalarning amalga oshirilishi haqida so‘zlab berdi. Jumladan, ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish, xizmatlar uchun to‘lov, banklar, arxivlar, kadastr va boshqa ham ma’muriyat, ham tadbirkorlikka oid sohalar ishini takomillashtirish va hokazo.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, taraflar avtomatlashtirish sezilarli foyda va aniq natija keltirishi uchun birlamchi vazifani belgilab olishga, bundan so‘ng, boshqa sohalarni qamrab olgan holda, jarayonga keng ko‘lam berishga kelishib oldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq