Qat’iy niyatlar: Kingston Technology SSD segmentida yetakchilikni saqlab qoladi
20.12.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

TrendFocus tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kingston Technology 2019 yilning dastlabki 6 oyi davomida 13 milliondan ortiq qattiq axborot to’plovchilarini savdoga chiqargan.Kingston umumdunyo miqyosida SSD hajmining 11,3%ini yetkazib bergan, bu esa kompaniyaga SSD global yetkazib beruvchilari qatorida uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Kingstonning 2,5-dyuymli mijozlar SSD segmentida mavqei ayniqsa baland, kompaniya bu borada raqiblarini dadil ortda qoldirmoqda. 21-oktyabr kuni Kingston 2,5-dyuymli mijozlar segmentiga tegishli SSD ning yangi avlodi bo‘lgan KC600 SATA ni taqdim etdi. Yangi mahsulot, qattiq axborot to’plovchilari shu jumladan, KC2000 va DC450R modellari qatoridan o‘rin oladi.

Har bir yangi mahsulot, qo‘llanilish maqsadidan kelib chiqqan holda mijoz tanlovini belgilab beruvchi qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qaysi SSDni tanlash xaqida – quyida o‘qing.

KC600 —SATA interfeysga ega bo‘lgan, 2,5-dyuymli SSD-axborot to’plovchisi

3D TLC NAND texnologiyasi bilan ta’minlangan, o‘z-o‘zini apparatli shifrlaydigan axborot to’plovchisi

Kingston kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan KC600 — bu to‘liq funksional sig‘imli, favqulotda samarali ishlash va tizimning funksional sezgirligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan qattiq axborot to’plovchisi (SSD). U dastlabki yuklash vaqtining nihoyatda qisqaligi, shuningdek, yuklash va ma’lumot uzatish tezligining o‘ta yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Axborot to’plovchi, 2,5-dyuymli form-faktorda, qayta mos keluvchi SATA 3.0 interfeysi bilan ta’minlangan holda taqdim etiladi. KC600 axborot to’plovchilarida, 256-bitli apparatli shifrlash AES, TCG Opal va eDrive ni o‘z ichiga olgan xavfsizlikning kompleks to‘plamini qo‘llab quvvatlovchi eng yangi 3D TLC NAND xotira texnologiyasi qo‘llaniladi. Axborot to’plovchi, 550/520 MB/s gacha tezlikda ma’lumotlarni o‘qish/yozish bilan ajralib turadi va 2 TB xajmgacha bo‘lgan ma’lumotlarni samarali saqlash imkonini beradi. Mahsulot uzilishlarsiz va oson o‘rnatilishi hamda kompyuter va noutbukda yangilanishi uchun zarur hamma narsalarni ta’minlovchi  paket to‘plamda taqdim etiladi.

O‘ziga xos xususiyatlari:

  • Favqulotda unumdorligi
  • Xavfsizlikning kompleks to‘plamining qo‘llab quvvatlanishi
  • Sig‘imi: 256 dan 1024 GB gacha
  • 0 talqindagi SATA
  • 256-bit shifrlash XTS-AES, TCG Opal, eDrive
  • 3D TLC NAND xotira texnologiyasi
  • O‘qish operatsiyasi uchun 550 MB/s gacha, yozish operatsiyasi uchun 500 MB/s tezlik

KC2000 NVMe PCIe SSD — Stol PK, ish stansiyalari PK va yuqori unumli PK

Kingston kompaniyasining NVMe PCIe KC2000 qattiq, axborot to’plovchisi 3D TLC NAND 96-qatlamli xotira va Gen 3.0 x 4 yangi nazoratchisi hisobiga yuqori unumdorligini ta’minlab beradi. 3200/2200MB/s gacha bo‘lgan tezlikda o‘qish/yozish hisobiga KC2000 modeli favqulotda ishonchlilikni ta’minlaydi va stol kompyuterlari, ish stansiyalari va yuqori unumli hisoblash tizimlari(HPC)ning faoliyat jarayonlarini tezlashtirib beradi. M.2 ning ixcham konstruksiyasi moslashuvchanlikni ta’minlaydi, u faqat xotira sig‘imini ko‘paytiribgina qolmay, balki joyni ham tejaydi. 250GB–2TB sig‘imli axborot to’plovchilari tizimlaringiz ehtiyojlari uchun muntazir.

Ustunliklari:

  • NVMe PCIe ning aql bovar qilmas darajada samarali ishlashi
  • Xavfsizlikning kompleks to‘plamini qo‘llab quvvatlashi (TCG Opal 2.0, XTS-AES 256 bit, eDrive)
  • Stol kompyuterlari, ish stansiyalari va yuqori unumli hisoblash tizimlari(HPC)ga ideal mos kelishi
  • 150GB dan 2TB gacha sig‘imli axborot to’plovchilarini o‘rnatib, kompyuterni yangilang

SSD DC450R axborot to’plovchilari: 2,5-dyuymli korporativ sinfga mansub

Kingston o‘zining navbatdagi yangi mahsuloti – ma’lumotlarga ishlov berish markazlari uchun mo‘ljallangan Kingston 450R (DC450R) axborot to’plovchisini taqdim etgan holda korporativ SSD bozorini ham ta’minlamoqda.

«Zamonaviy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari va ish yuklamalari uchun maxsus funksiyalar to‘plamiga ega hamda ma’lumotlarni o‘qishning katta hajmda operatsiyalarni amalga oshirish muhitida ishlatishga mos keladigan qattiq, axborot to’plovchilari zarur, — deydi Kingston korporativ segmenti uchun SSD yo‘nalishi rahbari Kit Shimmenti (Keith Schimmenti), — Bizning DC450R modelimiz ushbu talablarning barchasiga javob beradi va MIBM rahbariyatiga yuklash tezligi uchun ortiqcha xarajatlarsiz o‘z yuklamalariga mos keladigan axborot to’plovchilarini tanlash imkoniyatini beradi. Ko‘p sonli kirish-chiqish operatsiyalari va oldindan aytish mumkin bo‘lgan kechikishlarning kamligi stabil ishlash imkonini beradi, bu serverdagi ilovalarga ham, foydalanuvchi interfesi faoliyati tezligiga ham birdek taalluqli».

Ma’lumotlarga ishlov berish markazlari uchun mo‘ljallangan Kingston 450R (DC450R) axborot to’plovchisi— bu SATA 6Gbit/s interfeysli, eng yangi 3D TLC NAND flesh-xotira texnologiyasi bilan ta’minlangan amaliy ish topshiriqlari uchun mo‘ljallangan, ma’lumotlarni o‘qishga yo‘naltirilgan yuqori ishlash samarasiga ega bo‘lgan SSD, qattiq axborot to’plovchisidir.

Ushbu maqbullashtirilgan qattiq axborot to’plovchisi, hozirgi vaqtda ma’lumotlarga ishlov berish markazlari uchun mo‘ljallangan qattiq axborot to’plovchilari uchun qo‘yilgan talab hisoblangan kirish-chiqish xarakteristikalari va kechikish vaqti qiymatlarini oldindan aytish mumkin bo‘lganda yuqori samaradorlikni ta’minlab beradi.

Kingston kompaniyasining xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) qat’iy talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqilgan DC450R axborot to’plovchisi, katta xajmdagi o‘qish operatsiyalari bilan bog‘liq keng doiradagi vazifalarni amalga oshirishda stabil ishlash va o‘qish davomida saqlashni ta’minlash uchun yaratilgan.

O‘ziga xosligi:

  • Katta hajmdagi o‘qish operatsiyalari bilan kechuvchi amaliy topshiriqlarni bajarishni ta’minlab beruvchi o‘qishga yo‘naltirilgan konstruksiya
  • Kirish-chiqish amaliy operatsiyalari va kechikish vaqti kattaliklarini oldindan aytish mumkin bo‘lgan samaradorlik
  • Axborot to’plovchining sozlash mumkin bo‘lgan zahira maydonining oshirilishi
  • Biznes ehtiyojlarini strategik maqbullashtirish uchun ratsionallashtirilgan samaradorlik

Muhimi,yangi mahsulotlarga besh yillik cheklangan kafolat va Kingstondan bepul texnik qo‘llab quvvatlash amal qiladi.

Kingston savdo belgisi mahsulotlarini Kingston Technology kompaniyasining hamkorlari bo‘lgan -rasmiy do‘konlardan xarid qilib, ishlab chiqaruvchi, importer va do‘kon ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan barcha to‘lovlarni amalga oshirilganligi, yig‘imlar va soliqlarni to‘langanligidan ko‘nglingiz to‘q bo‘ladi.

Haqiqiy mahsulotlarni qanday qilib aniqlash va Kingston Technology tomonidan ishlab chiqarilgan rasmiy texnikani qayerdan xarid qilish mumkinligi xaqida, o‘ziga xos «Haqiqiy Kingston mahsulotlarini xarid qiling» loyihasida o‘qing.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq