Noyob bolalar uchun uskunalar
19.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) aqliy rivojlanish nuqsoni bo’lgan bolalar uchun Toshkent shahridagi 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktabga texnik jihozlarni sovg’a qildi.

Bolalar — bu insoniyat ega bo’lgan eng qimmatli ne’matdir. Shubhasiz har bir bola noyobdir. Va shunga qaramay, qobiliyatlarining o’ziga xosligini ta’kidlash niyatisiz «noyob» deb nomlangan bolalar ham bor. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan har kuni ishlash uchun ulkan va yorqin yurak egasi bo’lish kerak. 52-sonli umumta’lim maktabi ko’p yillar davomida bunday bolajonlarning ta’lim olishi uchun sharoit yaratib kelmoqda.

Ucell Kompaniyasi maktabga qo’shimcha ko’mak va yordam ko’rsatish maqsadi bilan kompyuter va printerni sovg’a qildi.

Ra’no Hamralieva, 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktab direktori:

— Maktab aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonli, nogiron bolalarni o’qitadi. Tabiiyki, ishimiz oson emas, bu yuqori mas’uliyat, e`tibor va, albatta, bolalarga muhabbatni talab qiladi. Har kuni har xil qiyinchiliklarga duch kelamiz. Bolalarimizning alohida ehtiyojlari bor. Ularni mustaqil yashashga o’rgatish va moslashtirish maktabning maqsadidir. Shuning uchun texnik jihozlar katta ahamiyatga ega. Ko’rsatilgan yordam uchun Ucell kompaniyasiga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq