Malayziya delegatsiyasining IT-Parkʼga tashrifi
19.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 17-dekabr kuni “Cloud Union” kompaniyasi direktori Ten Yi boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi IT-Parkʼga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari, xususan, elektron tijorat sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mehmonlar uchun IT-Parkʼning taqdimoti oʻtkazildi va unda mavjud infratuzilma, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirildi, shuningdek mehmonlar rezidentlik va rezidentlar uchun soliq imtiyozlari bilan tanishtirildi.

Munozara uchun muhim mavzulardan yana biri, mavjud bazaviy IT-bilimlarni oshirish va boshqa zarur IT-koʻnikmalarini egallash uchun Oʻzbekiston hududlarida IT-markazlarini rivojlantirish masalasi boʻldi. Yoshlar orasida IT-taʼlimni rivojlantirish, mutaxassislarning malakasini oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq