Ibn Sino maktabi oʻquvchilari Xalqaro kimyo musobaqasida gʻolib boʻldilar
19.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahrida “ERUDITE” nodavlat taʼlim muassasasida Singapurning “ChemiCo” tashkilotining maxsus vakili raisligida 6-Xalqaro Kimyo musobaqasi (6th International Chemical Competition) onlayn tarzda oʻtkazildi.

Ushbu Xalqaro musobaqada jahonning 25 ta davlatidan ishtirok etgan jami 336 nafar oʻquvchilar orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-inernatining 3 nafar oʻquvchisi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

— Muxtorxoʻjayeva Durdona, 10-sinf (kumush);

— Jamolov Azimjon, 9-sinf (kumush);

— Raxmatullayev Jasur, 9-sinf (bronza).

Musobaqa natijalari chemico.org saytida eʼlon qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq