Oʻzbekistonda endi HUMO toʻlov terminallari tarmogʻida toʻlovlarni Visa kartalari orqali amalga oshirish mumkin
18.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) Visa global toʻlov texnologiyasi kompaniyasi bilan birgalikda toʻlovlarni HUMO tizimida Visa xalqaro kartalari orqali qabul qilishni boshlab yuborganligi haqida eʼlon qildi. Endi Visa kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 176 000 dan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini toʻlashi mumkin.

“Biz doim karta egalariga eng zamonaviy va qulay yechimlarni taqdim etishga intilamiz, shu munosabat bilan biz Oʻzbekistonda toʻlovlarni Visa xalqaro kartalari orqali HUMOning barcha terminallari tarmogʻida qabul qilishni boshlaganimizdan mamnunmiz. Endi tarmogʻimiz imkoniyatlari Visa kartalarini qabul qilishgacha kengaytirilgan bir paytda ushbu holat Oʻzbekistonda naqdsiz toʻlovlarni rivojlantirish uchun qoʻshimcha turtki boʻlishiga hamda xorijiy mehmonlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishiga ishonchim komil”, – deydi BMPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

“Toʻlovlarni qabul qilish tarmogʻini rivojlantirish Oʻzbekistonda naqd pulsiz hisob-kitobni ommalashtirish hamda zamonaviy toʻlovlar ekotizimini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Biz bugungi kunda, bankomatlar tizimida Visa kartalari qabuli boshlanganidan soʻng, hamkorligimizni kengaytirayotganimizdan hamda HUMO terminallar tarmogʻini Visa kartalari qabuli uchun ochayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu bosqich savdo-xizmat korxonalari hamda bizning hamkorlarimiz boʻlgan banklar uchun yangi imkoniyatlar ochib berishiga, shuningdek naqdsiz toʻlovlarni Oʻzbekiston fuqarolari uchun yanada qulayroq qilishiga ishonchim komil”, – deydi Markaziy Osiyodagi Visa Bosh menejeri Aliya Chinibayeva.

Endi Visa kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 176 000 dan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz tarzda toʻlashi mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq