Toshkent shahridagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi
17.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Bobur Sagdullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Amiti universitetining boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mehnat faoliyatini «O‘zbektelekom» kompaniyasida boshlagan Bobur Abdullayev turli yillarda AKT vazirligida mas’ul vazifalarda, shuningdek, «UZINFOCOM» yagona integratorida direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar AKT vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq