“SBTUIT OPEN — 2019” olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
17.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi bosqich talabalari, akademik litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha “SBTUIT OPEN 2019” olimpiadasi o‘tkazildi.

154 nafar talaba va o‘quvchi ishtirokida o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan dasturlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishdi.

Musobaqa yakunida 1-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litsey o‘quvchisi Bahriddinov Maqsudga, 2-o‘rin TATU Samarqand filiali talabasi Abdullaev Akbarga, 3-o‘rin esa TATU Samarqand filialining yana bir talabasi Xudoyberdiev Sharofga nasib etdi.

Shuningdek, olimpiadaning rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha quyidagilar taqdirlandi:

“Eng yaxshi dasturchi qiz” – Mahbuba Salimova, SamDU talabasi;

“Eng tez ishlangan masala” – Shehroz Nurliev, TATU Samarqand filiali talabasi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq