“O‘zkomnazorat” hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ o‘rtasida kelishuv imzolandi
16.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zkomnazorat” va “O‘zbekiston pochtasi” AJ o‘rtasida pochta aloqasi obyektlarida pochta jo‘natmalarning qabul qilinishi va rasmiylashtirilishi, ularga ishlov berilishi va tariflarning qo‘llanilishi, o‘z vaqtida yetkazilishi yuzasidan 2020-yilda pochta aloqasi sohasida o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlarining sifatini oshirish, aholi jo‘natmalarining o‘z vaqtida tegishli manzilga yetib borishini, pochta aloqasi xizmatlarining monitoringini o‘tkazish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, pochta aloqasi tarmog‘ining barqaror ishlashini ta’minlash “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kelishuvdan asosiy maqsad ushbu vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish, kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida aholiga taqdim etilayotgan pochta xizmatlari sifatini yaxshilash hamda ish jarayonida davlat standartlari, soha bo‘yicha normativ hujjatlarga amal qilinishini ta’minlash.

Ushbu kelishuvga ko‘ra 2020-yil davomida “O‘zkomnazorat” Pochta aloqasi bo‘limi va hududiy inspeksiyalarning Pochta aloqasi, mualliflik va turdosh huquqlar bo‘limlari xodimlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimidagi hududiy filiallar, tuman va shahar pochta aloqasi tarmoqlari hamda aloqa bo‘limlarida o‘rganishlar o‘tkazadi.

Shuningdek, respublikada pochta va kurerlik aloqa xizmatlarini ko‘rsatayotgan boshqa subyektlar faoliyatini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

2019-yilda o‘rganishlar o‘tkazish borasida o‘zaro hamkorlik qilgan ikki hamkor tomon 2020-yilda ham respublikada pochta xizmatlarining sifati oshishi va sohadagi mavjud kamchiliklar bartaraf qilinishda yordam beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq