LBMA delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilgan raqamli iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyasi bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etdi
16.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi delegatsiyasi 2019-yil 5-6 dekabr kunlari Xaykou shahrida (XXR) bo‘lib o‘tgan Raqamli iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyasi xalqaro forumida (keyingi o‘rinlarda – Forum) ishtirok etdi.

Forum Xitoyda innovatsion texnologiyalarni (sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, narsalar Interneti, blokcheyn) ishlab chiqish va joriy etish hamda ularga asoslangan istiqbolli loyihalarni, asosan real sektorda (sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot) amalga oshirish uchun birinchi ixtisoslashgan pilot zona tashkil etilgan «Xaynan» erkin iqtisodiy zonasi hududida bo‘lib o‘tdi. Forumda Xitoy davlat idoralari, tashkilotlari va kompaniyalaridan tashqari, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, BAA, AQSh, Gibraltar, Indoneziya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlardan kelgan ekspert va mutaxassislar ishtirok etdi. Forum blokcheyn texnologiyasini, raqamli aktivlarni va umuman raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish uchun faol munozara maydoniga aylandi.

Shuningdek, tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi «Hainan Resort Software Community Group», «Hainan Free Trade Zone Blockchain Pilot Zone» maxsus zonalari direksiyalari bilan hamda «Innovation Intelligence Union Group Company», «Huobi Group», «WeiZhongJie» kompaniyalari vakillari bilan ishchi uchrashuvlarini o‘tkazdi, «Oxford-Hainan Blockchain Research Institute» va innovatsion o‘rta maktab «iSchool» faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish sohasidagi potensial loyihalarni amalga oshirish ustida ishlashga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq