Yandex. Xaritalarda O‘zbekiston manzaralari paydo bo‘ldi
13.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex O‘zbekiston manzaralarini nashr etdi. Panoram mobil – tomida maxsus foto uskunasi bo‘lgan mashina – respublikaga ushbu kuz fazlida tashrif buyurgan edi. U Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva va Shahrisabz ko‘chalari va diqqatga sazovor joylarini suratga oldi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston bo‘ylab sayohatni amalga oshirdi: Ustyurt platosi, Orol bo‘yidagi tuzli botqoq va Amudaryo sohilidagi qadimiy aholi punktlarini suratga oldi. Manzaralarni Yandex. Xaritalarda ko‘rish mumkin – endi ushbu joylarga virtual sayrga har kim tashrif buyurishi mumkin.

Panoramalar mahalliy aholiga notanish hududga sayohatni rejalashtirishda, sayyohlarga esa – sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Suratlar yordami bilan transportning o‘tish qiyin joylaridagi harakatlanishni tushunish, joylarni belgilashingiz va diqqatga sazovor joylarning qanday ko‘rinishini: masalan, Samarqanddagi Go‘r-Amir maqbarasi, Buxorodagi Ark qal’asi yoki Qadimiy Xivadagi karvon-saroylar manzaralarini oldindan bilib olishingiz mumkin.

«Biz panoramalarni oktabr oyining o‘rtalaridan noyabr oyining boshlariga qadar suratga oldik: ushbu vaqtda jazirama issiq ham bo‘lmaydi, yorug‘lik ham kuz faslidagidek yumshoq edi», — deydi Yandexning O‘zbekiston bo‘yicha mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov. — suratga olish jarayoni oldidan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgan. O‘zbekiston qadimiy obidalar va betakror tabiiy landshaftlarga boydir va biz panoramalarda, iloji boricha, ko‘proq diqqatga sazovor joylarni qamrab olinishini xohlardik. Marshrutni tuzish va sayohatni tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi yordam berishdi – suratga olishda ko‘rsatgan yordamlari uchun ulardan minnatdormiz.»

«Yandex. Xaritalar — O‘zbekiston shaharlarining ko‘cha panoramalarini qo‘shgan eng yirik geografik axborot xizmatlaridan biri», – dedi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchiI brohim Barnayev. – Suratlarda mamlakatning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatidagi obyektlarni: Ichan-Qal’a, Shahrisabzning tarixiy markazini ko‘rishingiz mumkin. Dunyoning istalgan burchagidan ko‘ra olish mumkin bo‘lgan panoramalar, O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun katta yordam beradi.»

Yandex suratga olish guruhi tomonidan O‘zbekistonga safari davomida deyarli 295 ming fotosurat olindi, ulardan esa 73 mingdan ortiq dumaloq panoramalar hosil bo‘ldi. Suratga olishning umumiy masofasi ikki ming kilometrdan oshadi. Avtomobilda harakatlanishning iloji bo‘lmagan joylarda operatorlar kamerani shtativga o‘rnatib, piyoda yurishdi. Shu tarzda, misol uchun, Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi va Toshkent shahridagi yangi «Tashkent-City» bog‘i suratga olindi.

Yandex. Xaritalarda jami: Rossiya, Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina va Turkiyaning to‘rt milliondan ortiq panoramalari nashr qilingan. Bu ham shaharlar, ham tabiatning diqqatga sazovor joylari: Baykal ko‘li, Kareliya sharsharalari, Kavkaz tog‘lari, Arktika orollari va hatto sayyoraning eng baland cho‘qqisi – Everest va boshqalardan iborat. Panoramalar yandex.ru/maps va Yandex. Xaritalar ilovasida ko‘rish mumkin. Sayt egalari API Xaritalardan foydalanib, har qanday panoramani o‘z manbalariga joylashtirishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq