“Qizilqum davlat qo‘riqxonasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
13.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 10-dekabrdan “Qizilqum davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida bo‘lib, 6 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Qizilqum davlat qo‘riqxonasida yashovchi hayvonlar va o‘simliklar tasvirlangan. Hayvonlar va o‘simliklarning nomlari lotin tilida berilgan. Kichik varaqda o‘zbek tilida lotin grafikasida “Qizilqum davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Kichik varaqning o‘lchami 160×160 mm. Adadi 8 ming nusxa. Rassom – Kim A., dizayner – Kanives Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

№1400-1405

1400. Gazella subgutturosa Nominali – 3200 so‘m

1401. Haloxylon persicum Nominali – 3400 so‘m

1402. Alhagi pseudalhagi Nominali – 3500 so‘m

1403. Canis aureus Nominali – 5800 so‘m

1404. Trapelus sanguinolentus Nominali – 6200 so‘m

1405. Pterocles orientalis Nominali – 10400 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq