«O‘zbekiston florasi. Qo‘ziqorinlar» turkumli pochta markalarining chiqarilishi haqida
13.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 10-dekabrdan “O‘zbekiston florasi. Qo‘ziqorinlar” turkumi muomalaga kiritildi.

Yovvoyi tabiatda ko’plab iste’mol qilish mumkin bo’lgan qo’ziqorinlar mavjud. Qo’ziqorinlar o’ziga xos ta’m va hidga ega. Ko’plab qo’ziqorinlar foydali va to‘yimli hisoblanadi. Ular oqsilga, minerallarga va vitaminlarga boy.

Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan qo‘ziqorinlarning turlari tasvirlangan. Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Qo‘ziqorinlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52×37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 140×110 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rassom – Farmonov S., Dizayner – Sulaymonov U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

№1406 — №1409

№ 1406. Morchella esculenta Nominali – 3200 so‘m

№ 1407. Pleurotus ostreatus Nominali – 3400 so‘m

№1408. Pleurotus eryngii Nominali – 3500 so‘m

№1409. Lepista saeva Nominali – 5800 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq