Uchuvchisiz uchish apparatini noqonuniy olib o‘tayotgan fuqaro fosh etildi
11.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yo‘lovchi poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, poezdda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro R.X.ning yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq