Sovrin jamg’armasi $100 000 teng bo’lgan mGovAward tanloviga arizalarni qabul qilish muddati 15-yanvar 2020-yilga qadar uzaytirildi
11.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Raqobatda eng yaxshi mobil ilova ishlab chiqaruvchisiga $ 50 000, 2-chi o’ringa $30 000 va 3-chi o’ringa $20 000 taqdim etiladi.

mGovAward — bu O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo’lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo’yicha respublika tanlovidir.

Ishtirokchilar 5 yo’nalish bo’yicha o’z kuchlarini sinab ko’rishlari mumkin:

— Ta’lim;

— Sog’liqni saqlash;

— Turizm;

— Transport va logistika;

— Tadbirkorlik va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar:

— bo’lajak dasturning samaradorligi;

— uning innovatsionligi;

— foydalanishda qulayligi.

Tanlovning mukofot jamg’armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:

— birinchi o‘ringa 50 000$;

— ikkinchi o’ringa 30 000$;

— uchinchi o’ringa 20 000$.

Eslatib o’tamiz, arizalarni qabul qilish 2020-yilning 15-yanvargacha davom etadi! Ariza qoldirish — http://bit.ly/mgovaward_tg

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq