AKT Vazirligi tomonidan Dang‘ara tumani markazida yangi kutubxona qurilib foydalanishga topshirildi
09.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani markazida yangi kutubxona qurilib foydalanishga topshirildi.

Kelgusida kutubxona tuman aholisi va yoshlari uchun yaxshi bilim olishlari, kitobxonlik darajasni oshirish va zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlodni tarbilayalashda xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusdan biri ham bevosita mazkur masalaga daxldorligi bilan ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashriflarii chog‘ida Dang‘ara tumani aholisi, ayniqsa, yoshlarga zamonaviy qulayliklarga ega kutubxona qurilishi topshirig‘ini bergan edi. Qisqa muddat ichida Dang‘ara tuman markazida ushbu muhtasham ma’rifat va ma’naviyat maskani qad rostladi. Buning uchun qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Kutubxona Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi.

Kutubxonaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirishga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

Mazkur yangi bunyod etilgan axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan ta’minlangan. 20 mingdan ortiq kitob fondiga ega bu maskan dang‘araliklar uchun bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq