MUIC IT-Park tarkibiga qoʻshiladi
07.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi qaroriga muvofiq, IT sohasini yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun autsorsing IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va umuman IT mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” – axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsiyalar markazi tugatilib, uning rezidentlari dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tarkibiga qoʻshilmoqda.

Mazkur qadam Oʻzbekiston Respublikasida IT-madaniyati va startap-ekotizimni yanada rivojlantirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga koʻtaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 17-sonli qaroriga muvofiq, Texnopark rezidentlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-sonli “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoni bilan taqdim etilgan imtiyozlar kengaytirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, faqat Texnoparkda axborot texnologiyalari sohasining startap ekotizimi toʻliq: dasturlash koʻnikmalarining (IT-Akademiya) paydo boʻlishidan va IT gʻoyasini rivojlantirishdan (inkubatsiya dasturidan) boshlanib, mahsulot prototipini rivojlantirish va uni real bozorda sinab koʻrish (akseleratsiya dasturi) bilan davom etib, Oʻzbekistonda IT-biznesni rivojlantirish uchun imtiyozlar (rezidentlik) olish bilan yakunlanadigan davrni bosib oʻtadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq