“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”
07.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zkomnazorat binosoda “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zkomnazorat boshlig‘i A. Xodjaev ochib berdi hamda konistitutsiya, uning qabul qilinish tarixi, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida, davlat tuzilishi, saylov tizimi, Konstitutsiyaning fuqarolar huquq va erkinliklari hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradigan asosiy qonun ekanligi muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zkomnazorat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taklif etilgan uzoq yillar davomida inspeksiyada mehnat qilib, nafaqaga chiqgan faxriy mehmon G.Yusupova o‘z tajribasi, erishgan yutuqlari, yoshlar o‘rnak olishi mumkin bo‘lgan jihatlar hamda bugungi kunda inspeksiya xodimlariga yaratilgan sharoitlar va keng imkoniyatlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Bugungi kundan shukronalik hissini tuyayotgani, inspeksiya yoshlariga normativ huquqiy hujjatlarni qunt bilan o‘rganish va o‘z kasbining haqiqiy fidoyisi bo‘lishga intilishni tavsiya qildi.

Tadbir so‘ngida inspeksiya faxriysiga esdalik sovg‘a taqdim qilindi va bu kabi tadbirlar kelgusida yana davom ettishi, nafaqat bayramlar, balki boshqa kunlarda ham O‘zkomnazorat xodimlari bilan ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinishi taklif qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq