TATUga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashrif buyurdi
06.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 3-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jha tashrif buyurdi. Janob Santosh Jha TATU rektori T.Teshabayev bilan uchrashdi va universitetda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ilmiy va amaliy ishlar haqida ma`lumot berildi.

Uchrashuv chog‘ida bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda AKT mutaxassialariga talab yuqoriligi, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning mamlakat iqtisodiy– ijtimoiy hayotidagi muhim o‘rni borasida fikrlar almashildi.

Shundan so‘ng, Janob Santosh Jha universitetda yaqinda ochilgan talabalar o‘quv–media laboratoriyasini hamda TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markaziga tashrif buyurib yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishib chiqdi va ikkala tomon istiqbolda hamkorlik borasida fikr almashdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq