«Scopus Award – 2019»: TATU yilning eng sermahsul oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi!
06.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan OTMlarning va o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomini e’lon qildi.

Natijaga ko‘ra, TATU “Yilning eng sermahsul OTM” (“Growth of the Year”) sifatida e’tirof etildi va taqdirlandi!

Taqdirlash marosimi shu yilning 6 dekabr kuni “Zarafshon” konsert zalida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, taqdimotda 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olimlar va tadqiqotchilar, 6 ta OTM va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq