O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida xorijiy mutaxassislar ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi
05.12.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) mutaxassislari ishtirokida “Internetdan foydalanishda kiberxavfsizlikka umumiy yondashuv” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda EXHT mutaxassislari o‘zlarining kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalari bilan ishtrok etdi. Shuningdek, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot texnologiyalari kommunikatsiyasi va harbiy aloqa instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti vakillari hamda akademiya professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad, bugungi globallashuv davrida internet tarmog‘idan foydalanishda, kiberxavfsizlik hamda kiberqurolning nechog‘lik zarurligi, turli xil yot axborotlar kirib kelishini, jumladan mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni noqonuniy olish xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Seminarda kelajak rejalar muxokama qilinib, EXHT bilan mamlakatimizning harbiy tizimidagi kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Internet tarmoqlariga “O‘ta tajribali xakkerlar”ning qo‘li bilan joylanayotgan, turli xil harbiy-siyosiy ma’lumotlarning xavfsizligini takomillashtirish hamda axborot olamidagi yangiliklar daqiqa sayin ko‘payayotgan bir vaqtda, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xabarlarning oldini olish bo‘yicha takliflar berildi va ma’ruzalar tinglandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq