Xalq taʼlimi raqamlarda: umumtaʼlim muassasalarida o‘qituvchilar soni
04.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasida 2019-2020 o‘quv yilida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘qituvchilari soni 481 604 nafarga yetdi, bu 2018-2019 o‘quv yiliga nisbatan 8,28% ko‘pdir.

Shu bilan birga 2019-2020 o‘quv yilida maktab taʼlimi tizimida 148 695 nafar erkak (2018-2019 o‘quv yilida 131 253 nafar) va 332 909 nafar ayol o‘qituvchi (2018-2019 o‘quv yilida 311 151 nafar) faoliyat yuritmoqda.

481 604 nafar o‘qituvchilardan 2,7% oliy toifali, 11,4% — birinchi toifali va 26% — ikkinchi toifali o‘qituvchilarni tashkil etadi. Qolgan 46,4% o‘qituvchilar esa toifaga ega emas. O‘rta maxsus maʼlumotli o‘qituvchilar soni 64 524 (13,5%) nafarni tashkil etadi. Ularda ham toifa mavjud emas.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq