Ucell va IT Park Ucell Mobile Challenge 2019 g’oliblarini taqdirladilar
04.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi binosida Ucell va IT Park tomonidan tashkillashtirilgan Ucell Mobile Challenge 2019 mobil ilovalar ishlab chiqish tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblari quyidagilar bo‘ldilar:

— 1-o‘rin – (300 mln. so‘m) Ucell Cashback System – abonentlar bilan aloqada bo‘lishga yordam beruvchi to‘lov ilovasi funksionaliga ega keshbek-platforma;

— 2-o‘rin – (200 mln. so‘m) IZY – ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni menetizatsiya qilish imkoniga ega onlayn-agregator;

— 3-o‘rin – (100 mln. so‘m) Retail Research – biznes-jarayonlarni takomillashtirish uchun tezkor va qulay jihoz.

G‘olib jamoalardan har biri bilan shartnomalar tuziladi va ular asosida loyihalar asoschilari 3 oy mobaynida o‘z mahsulotlarini yakuniga yetkazib, mazkur ilovalarning ishga tushirilishida hamda keyinchalik amaliyotga joriy qilinishida ishtirok etishlari lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ucell Mobile Challenge 2019 – bu mobil ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha IT Park va Ucell tomonidan tashkillashtirilgan, sovrin jamg‘armasi 600 mln. so‘mga teng tanlov bo‘lib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan:

— Savdo ilovasi;

— Mamlakat mehmonlari va aholisi uchun foydali ilova;

— Fintech sohasi ilovasi.

Tanlovning bosh maqsadi – startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston yoshlari orasida AKT sohasi taraqqiyotiga hissa qo‘shish, innovatsion yechimlarni joriy qilish, IT-yechimlar ishlab chiqishga istiqboli porloq mutaxassislarni, shu jumladan talabalarni jalb etishdir.

Kompaniyalar haqida ma’lumot.

IT Park

Istiqbolli startap-loyihalarni, shu jumladan ilmiy va ilmiy-ma’rifiy tashkilotlarni integratsiyalash hisobiga ishga tushirish va bozorga olib chiqishni ta’minlashga mo‘ljallangan obyektlar, inshootlar va qurilmalar majmui. Faol, iste’dodli kishilar iqtisodiy, huquqiy, marketing va ilmiy-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash evaziga o‘z g‘oyalarini haqiqiy biznes-loyihalar darajasiga olib chiqishlari uchun real imkoniyatga ega bo‘ladigan joy.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi)

Kompaniya 1996-yil aprelda tashkil etilgan.

O‘zining butun faoliyati mobaynida Ucell Kompaniyasi o‘z abonentlari uchun yangi takliflar ishlab chiqishga va kompaniya xizmatlari O‘zbekistonning eng chekka hududlaridagi aholiga ham yetib borishi uchun tarmoq qamrovini yanada kengaytirib borishga alohida ahamiyat qaratadi.

2018-yil dekabr oyida mulkchilik o‘zgarganidan buyon o‘tgan davr ichida jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi.

Ucell Kompaniyasi mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, Kompaniya tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida eng yaxshi hayot sifati hamma joyga va har kimga yetib borishini ta’minlashga intiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq