Jahon bankining vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
04.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Jahon bankining vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda vazir Jahon bankining rahbariyatiga mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ko’rsatilayotgan e’tibor va ko’mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Jahon bankining vakillari axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, O’zbekistonda telekommunikatsiya sohasi bo’yicha takliflar tayyorlashga ko’maklashishga tayyorligini ta’kidladi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning hozirgi holati va «Digital CASA — Uzbekistan» qo’shma loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq