Parvoz qiling va aloqada qoling! Samolyot bortida rouming
03.12.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

UZMOBILE Milliy operatorining  mobil aloqa xizmati misli ko‘rilmagan cho‘qqiga ko‘tarilmoqda. Va bu bo‘rttirish emas, albatta! 2019-yilning 2-dekabridan “O‘zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ aviakompaniyasining Boeing 787-900 Dreamliner samolyotlari bortida va boshqa aviakompaniyalar orqali GSM standartidagi ovozli, SMS va GPRS-rouming, shuningdek  “CAMEL” xizmatlarini taqdim etishni boshlaydi.

Ushbu xizmatni o‘z abonentlariga taqdim etish uchun “O‘zbektelekom” AK va “AeroMobile AS” (Xalqaro havo bo‘shlig‘i) o‘rtasida shartnoma tuzildi.

Parvoz paytida barcha voqealardan boxabar bo‘lib turish uchun ba’zi hollarda aloqada bo‘lish naqadar muhim hisoblanadi. Endi UZMOBILE milliy operatori bilan buning imkoni mavjud. Har qanday abonent parvoz vaqtida qo‘ng‘iroq qilishi va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishi, shuningdek SMS yuborish, yoki Internet orqali messenjerlarda muloqot qilishi hamda elektron pochtadagi muhim xatlarni tekshirishi mumkin.

Milliy aviakompaniyaning dunyodagi eng ulkan va shinam samolyoti bortida xoh oddiy, xoh biznes klassida parvoz qilish va UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish – endi juda zavqli!

UZMOBILE – ishonchli aloqa mobil operatori!

Barcha shartlar va tariflar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq