«Cybersport» o‘yinlarining yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi
02.12.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«StudFest» talabalar festivali doirasida tashkil etilgan «Cybersport» o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unga ko‘ra, «CS GO» o‘yini bo‘yicha finalda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti talabalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti talabalari bilan kuch sinashdilar. Uzoq kechgan jangda 2:1 umumiy hisobda avtomobil yo‘llari instituti talabalarining qo‘li baland keldi.

«PES 2020» futbol musobaqasida ham Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti talabasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasidan ustun keldi. Umumiy hisob: 2:1.

Strategiya yo‘nalishi bo‘yicha dunyo reytingini zabt etayotgan «Dota 2» o‘yinida ham Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti talabalari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalariga imkon qoldirmadi va 2 ta ketma-ket yutgan holda mutloq chempionga aylandilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq