Tunlar uzoq, tezlik esa yuqori!
30.11.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Qish faslida kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Aynan shu sabab ham foydalanuvchilar asosiy vaqtini Internet tarmog‘ida o‘tkazishadi. Abonentlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, 2019-yilning 1-dekabridan 2020-yilning 29-fevraliga qadar “O‘zbektelekom” AK “UNLIM” tarif rejalari seriyasi foydalanuvchilari uchun maxsus qishki aksiyani taqdim etadi.

Aksiyaning muhim jihati shundaki, tungi soat 00:00 dan kunduzi soat 12:00 ga qadar internet tezligining yaqqol ortishidir. Shu bilan birga, abonent to‘lovi avvalgi darajada qoldiriladi!!!

“UNLIM” tarif rejalari seriyasida Internet tarmog‘iga ulanish tezligi ulanish texnlogiyasiga muvofiq tungi vaqtda 6/40/100 Mbit/s gacha oshiriladi.

Tunda yuqori tezlik, kayfiyat esa – butun qish kunlari a’lo darajada!

Batafsil ma’lumot

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq