O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
26.11.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 26-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son “Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlandi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javb berildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Universitet faoliyati haqida, o‘quv jarayonlari va mazkur oliy ta’lim muassasasining o‘quv-ta’lim faoliyati bilan bog‘liq masalalar haqida jurnalistlar uchun ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani ishida mazkur oliy ta’lim muassasasi kampus direktori Sunil Kumar Katri, universitetning boshqaruv va ta’lim bo‘linmalari a’zolari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son “Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2019 yilning sentyabr oyidan o‘quv yilini ochdi.

Toshkent shahridagi Amiti universitetiga bakalavr darajasi uchun Axborot texnologiyalari, Muxandislik va kompyuter texnologiyalari, Iqtisod, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi yo‘nalishlar bo‘yicha, shu bilan birga magistrlik darajasi uchun ham qabul amalga oshirildi.

Bu yilgi kirish imtihonlari uch bosqichda va hind professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi, ishtirok etgan 5834 nafar abituriyentdan 500 nafarga yaqini talabalikka qabul qilindi.

Universitet uchun oldingi Aloqa kolleji binosi ajratilib, ushbu bino zamon talablariga mos ta’mirlanib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda Toshkentdagi Amiti Universitetida darslarni olib borish uchun, Hindistondan o‘quv tajribasi yuqori bo‘lgan 15 nafardan ziyod professor-o‘qituvchi hamda xalqaro bilim darajasiga ega mahalliy professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Hindistondagi Amiti Universiteti haqida 2005-yilda tashkil etilgan mazkur oliy o‘quv yurtida axborot texnologiyalari, moliya, yurisprudensiya, iqtisod va boshqa sohalarda 70 dan ortiq ta’lim dasturlari bo‘yicha 80 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Ta’lim muassasasining asosiy ma’muriyati Hindistonning Noida shahrida joylashgan bo‘lib, 15 ta shaharda kampuslari, shuningdek Nyu-York, London, Dubay, Singapur, va boshqa shaharlarda filiallari mavjud.

Matbuot anjumani ishi davomida Toshkent shahridagi Amiti universiteti faoliyati, o‘quv jarayonlarini tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekistonda mazkur oliy ta’lim muassasasining faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq