Shibuara Texnologiya Instituti vakillari bilan uchrashuv bo’lib oʼtdi
25.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Avval xabar qilganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi J.Abdujalilov Yaponiyaning bir qancha ilgʼor universitetlari bilan oʼzaro hamkorliklar borasida uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvlar davomida Shibaura Texnologiya Instituti Global Hamkorlik divizioni Boshqaruvchi Menedjeri Osama Sugiyama va Xalqaro dasturlar bo’yicha menedjer Yutaka Furuya bilan Bakalavriaturada tahsil olayotgan talabalar almashinuvini joriy etish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek yosh professor o’qituvchilar va magistrantlarni qisqa muddatli ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish va hamkorlida maqola yozish uchun Shibuara Texnologiya Institutiga stajirovkaga yuborish bo’yicha ham kelishuvlarga erishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq