Keio Universiteti professorlari bilan uchrashuv o’tkazildi
25.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Avval xabar qilganimizdek, ayni vaqtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T.Teshabayev va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi J.Abdujalilov Yaponiyaning bir qancha ilgʼor universitetlari bilan oʼzaro hamkorliklar borasida uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.

TATU delegatsiyasi uchrashuv davomida Keio universitetining professorlari Kan Suzuki, Jun Murai, Masahito Kawamori bilan uchrashib, Keio universitetining fan va texnologiyalar fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishib oldi.

Kelishuvga ko’ra, Keio universiteti professorlari TATU da amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar bilan yaqndan tanishish va hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarni amalga oshirish uchun O’zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq