Huawei kompaniyasining Global Connectivity Index (GCI) hisobotiga ko‘ra intellektual aloqa imkoniyatlari YAIM o‘sishiga yangicha baho berishga undamoqda
25.11.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Sun’iy intellekt bilan quvvatlangan intellektual aloqa raqamli iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishni boshlab, raqamli transformatsiya uchun hal qiluvchi amahiyatga ega bo‘lmoqda. Huawei kompaniyasining 2019-yildagi tadqiqotlaridan chiqarilgan asosiy xulosa shuki, unda 65 balldan yuqori ko‘rsatkichga ega intellektual aloqaga muntazam investitsiya ajratadigan mamlakatlarda 1 foizdan yuqoriroq YaIM o‘sishi kuzatilar ekan. Shu bilan bir vaqtda, intellektual texnologiyalar davrida iqtisodiy taraqqiyotga erishish global miqyosda hamkorlik qilishga ham bog‘liqdir. Mana olti yildirki, GCI hisobotida sun’iy intellektga keng polosali aloqa, bulutli texnologiyalar va buyumlar interneti bilan bir qatorda intellektual aloqani ta’minlovchi to‘rtta tayanch omillardan biri sifatida urg‘u berilmoqda. Yuqoridagi to‘rtta omil iqtisodiy taraqqiyotni sezilarli ko‘lamda tezlashtirish imkoniyatini beradi.

Raqаmli transformatsiya uchun davlat darajasidagi keskin burilish

2016-yildagi GCI hisobotida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun keskin o‘zgarishlar bashorat qilingan edi. Mazkur indeksda 35 ball yiqqan mamlakat AKT sohasiga kiritilgan investitsiyalar bilan aloqador YaIM o‘sishiga oid multiplikativ effekt mavjud bo‘lgan chegaradan o‘tadi. GCI 2019 hisobotida keltirilgan xulosaga ko‘ra, mazkur chegaradan sakrab o‘tish GCI indeksidagi S-egri chizig‘ining yuqori qismida joylashgan mamlakatlar uchun ushbu bozorlarda rag‘batlantiruvchi effektga ega bo‘lgan. 65 egri chizig‘idan yuqorida turgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich shiddat bilan yuqoriga qarab o‘sgan. Mazkur mamlakatlar rivojlanishning yangi pog‘onasiga qadam qo‘yishmoqda. Eng yuqori GCI ko‘rsatkichlariga ega mamlakatlar esa intellektual aloqa imkoniyatlaridan foydalana oladilar. Shu zaylda ular iqtisodiy taraqqiyotni GCI indeksidagi har bir band bo‘yicha boshqa davlatlar ko‘rsatkichlaridan 2,4 marta tezroq jadallashtirishga erishadilar.

So‘nggi nuqtadagi sun’iy intellekt salohiyati iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin

Intellektual aloqa faqatgina rivojlangan iqtisodiyotlarga manfaat keltirmaydi. GCI 2019 hisobotida aytilishicha, raqamli taraqqiyotning istalgan bosqichidagi mamlakatlar YaIM o‘sishini ta’minlash uchun “so‘nggi nuqtadagi sun’iy intellekt salohiyati”dan turli soha va tashkilotlar doirasida foydalana oladilar.

Hatto AKT sohasida yetakchi bo‘lgan Yaponiya va AQSh singari mamlakatlar ham o‘zlari uchun sun’iy intellekt imkoniyatlarini endigina kashf etishmoqda. AKT sohasida o‘z yo‘lini endi boshlayotgan va bu yo‘nalishda boshqalarning tajribasidan foydalanayotgan Xitoy, Malayziya, Hindiston, Filippin va Ispaniya kabi mamlakatlar ham sun’iy intellekt borasida hozircha alohida natijalarga erisha olmadilar. Ular sun’iy intellekt texnologiyalarini imkon doirasida tezroq tatbiq etmoqdalar.

Global hamkorlik yordamida intellektual aloqani kuchaytirish

GCI 2019 hisobotida yangi qo‘shilgan mamlakatlar va boshqalarning tajribasidan foydalanayotgan mamlakatlar yirik iqtisodiy o‘sishga erishadigan yana bir boshqa usul, ya’ni global hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratilgan. Intellektual aloqa taraqqiyoti global ekotizimlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, GCI 2019 hisobotida beshta asosiy jabha: rahbarlar, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislar, axborot to‘plovchilar, AKT-kompaniyalar va iste’molchilar alohida ajratib ko‘rsatilgan. Ularning turli sohalardagi hamkorligi tashkiliy to‘siqlarni yengib o‘tish va tezkor biznes natijalarga erishishni ta’minlaydi.

Mamlakatda raqamli rivojlanish qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, siyosiy hukumat milliy iqtisodiyotning kuchli taraflariga xolisona nazar tashlashi, shu bilan birga, ularning intellektual aloqa ekotizimidagi o‘rnini va ularni qo‘llashdan ko‘zlangan manfaatlarni to‘g‘ri belgilashi lozim.

“Biz hozirgi vaqtda 5G, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarning birlashuvi aloqa tushunchasini qay darajada o‘zgartirib yuborganini kuzatishimiz mumkin”, — deydi Huawei ICT Infrastructure yo‘nalishining marketing bo‘yicha direktori Kevin Chjan. “Intellektual aloqa raqamli iqtisodiyot taraqqiyotini jadallashtiradi, shu bois davlat yetakchilari va yangi va boshqalarning tajribasini qo‘llayotgan mamlakatlardagi sohaning ilg‘or kompaniyalari yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi, shuningdek, milliy raqamli transformatsiyaga oid rejalarga butun diqqat-e’tiborni jalb etib, global hamkorlikni rivojlantirishlari lozim. Shu bilan bir vaqtda, biz intellektual aloqa jamiyatdagi eng murakkab va chuqur ildiz otgan muammolarga, jumladan, iqlim o‘zgarishi va aholining ijtimoiy qatlamlarga ajralishi kabi masalalarga javob bo‘lishini yaxshi anglaymiz. Huawei texnologiyalar, ilovalar va ko‘nikmalarni barchaga yetkazish, shuningdek, intellektual aloqaga tegishli afzalliklarni har bir inson, har bir oila va har bir kompaniya uchun ochish maqsadida sa’y-harakatlarni faollashtirishga intiladi. GCI axborot texnologiyalariga samarali baho berish maqsadida yaratilgan bo‘lib, undan siyosiy rahbariyat va iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli taraqqiyot yo‘lida foydalanishlari mumkin. GCI 2019 hisobotida jahon YaIM aylanmasining 95 foizi va yer yuzidagi aholining 84 foizini tashkil qiladigan 79 ta mamlakatga baho berilgan.

Global Connectivity Index 2019 haqida batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o‘ting: http://www.huawei.com/minisite/gci/en/

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq