Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
23.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga qaratilgan

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrda 921-son qarori chiqdi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad, Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari, kompyuter o‘yinlari va kompyuter sportiga (kibersportga) jalb etishga qaratilgan.

Shu bilan birga, xalqaro miqyosda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali dasturchi va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash va yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirishga qaratilgan.

Ushbu qarorning eng asosiy jihatlaridan biri Andijon viloyati tuman (shahar)larida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tarkibiy bo‘linmasi shaklida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil qilish va umumta’lim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etish belgilandi.

To‘garaklarning asosiy vazifalari etib, yoshlarga kompyuter dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari asoslarini o‘rgatish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy ko‘nikmalar berish belgilandi.

Qaror asosida, Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi va Andijon viloyatida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari hamda umumta’lim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari va kibersport to‘garaklarini tashkil etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi ham tasdiqlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq