CLICK – rivojlanishning yangi evolyutsion bosqichi sari!
22.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bo‘lib o‘tayotgan Mobicon 2019 doirasida CLICK rivojlanishidagi yangi evolyutsion bosqichi boshlanganligini e’lon qildi va birdaniga 3 yangi mahsulotini taqdim qildi: CLICK Evolution ilovasi, elektron CLICK-Hamyon va CLICK PASS uskunasi.

Bugun kompaniyamiz CLICK tizimida yangi bosqichning boshlanganligini mamnuniyat bilan xabar qilmoqda. Mobil texnologiyalar konferensiyasida kompaniyaning quyidagi yangiliklari namoyish etildi:

CLICK Evolution ilovasi – bu CLICK tizimining yangi ilovasi bo‘lib, kompaniya mutaxassislari tomonidan “noldan” ishlab chiqilgan, va o‘zida eng zamonaviy yechimlar va bozordagi yunalishlarni mujassam qilgan: qulay ergonomika va rivojlangan funksional hamdo‘stligi, kartadan kartaga pul o‘tkazishlarda chat va sharhlash kabi yangi imkoniyatlar, va shu bilan birga, zamonaviy UI (user interface)da ommaviylashib kelayotgan “qora mavzu”siga ega. Ilova bugundan boshlab marketlarda “Beta” belgisi bilan taqdim qilingan. CLICK Evolution ilovasining rasmiy relizi va taqdimoti 2020-yil 20-yanvar kuniga rejalashtirildi.

  1. Elektron CLICK-Hamyon – O‘zbekistonning onlayn to‘lovlar bozorida intizorlik bilan kutilgan ajoyib y U aynan plastik kartasiga ega bo‘lmagan insonlarga yoki o‘ziga elektron to‘lovlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarga qaratilgan. Sanoqli soniyalarda hamyonni yaratish, to‘lov va o‘tkazmalar uchun keng funksionali CLICK tizimining barcha foydalanuvchilari uchun imkoniyat doirasini kengaytirib hamda plastik kartasi bo‘lmaganlarga CLICK tizimidan foydalanishga yo‘l ochib bermoqda.
  2. CLICK PASS yechimining qulay «xard» yechimi – mavjud bo‘lgan CLICK PASS xizmatining funksionalini kengaytirish maqsadida kompaniya O‘zbekistondagi barcha savdo nuqtalarida qulay va engil to‘lash imkoniyatini yaratadigan o‘zining birinchi qurilmasini taqdim qildi. Kichik va zamonaviy CLICK PASS qurilmasi tizimizning barcha hamkorlariga CLICK foydalanuvchilaridan qulay va kontaktsiz uslubda to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratib bermoqda. Buning uchun foydalanuvchilar o‘z smartfonlarida ilovani ochishlari va CLICK PASS qurilamadagi skanerga yaqinlashtirishlari kifoya – qolgan barcha kerak bo‘lgan jarayonlar avtomatik tarzda, internetga ulanishni talab qilmasdan sanoqli soniyalarda amalga oshiriladi.

Yaqindagina o‘z 8 yilligini nishonlagan CLICK kompaniyasi, shu bilan birga, konferensiya ishtirokchilari bilan joriy kunga qadar erishilgan ba’zi natijalar bilan bo‘lishdi. Taqdimotda qayd qilinganidek, CLICK tizimining ishlagan davrida foydalanuvchilar tomonidan jami 15 trillion 417 milliarddan ziyod summada to‘lovlar amalga oshirilgan. Shunda faqatgina oxirgi 12 oydagina tranzaksiyalar summasi 7.78 trillionni tashkil qildi.

Bundan tashqari, xabar qilinganidek, CLICK kompaniyasi kartadan-kartaga o‘tkazmalar bozoridagi ham o‘zining yetakchi o‘rnini dadil saqlab kelmoqda. Ushbu bozorda CLICK tizimining ulushi 75.5 foizni tashkil qilmoqda.

“Bugun yangi mahsulotlarimizni taqdim qilishimizdan juda mamnunmiz. Ular evolyutsion rivojlanishga qaratilgan butun jamoamiz va har bir xodimimiz tomonidan qunt bilan bajarilgan ishlarning natijasidir. CLICK Evolution ilovasining yangi ergonomikasi, CLICK-Hamyondagi elektron pullarning yangi imkoniyatlari, CLICK PASS bilan amalga oshiriladigan joylardagi to‘lovlarning yanada qulayligi – bugun taqdim qilmoqchi bo‘lgan yangi imkoniyatlarning faqat bir qismidir”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq