AKT Vaziri Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radioaloqa byurosi direktori bilan uchrashdi
22.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning, Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radio buyrosi direktori Mario Manevich uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi xalqaro darajada radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi XEI xalqaro shartnoma-Radioaloqa Reglamentining to’la huquqli ishtirokchisi ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq