Qo’shma deklaratsiya va muhim bitimlar imzolandi
21.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) bo’lib o‘tdi.

Ushbu konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning, Xalqaro elektraloqa Ittifoqi Bosh kotibi Houlin Chjao bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, bir nechta loyihalrni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. It-Park huzurida «Yosh avlodning robotоtexnik markazi»ni tashkil etish shular jumlasidandir.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalqaro elektraloqa Ittifoqi o’rtasida grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha hamkorlikni yanada kengaytirish uchun qo’shma deklaratsiya qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi It-Park huzurida » AKT sohasida ayollar va yosh avlodning, tadbirkorlik va davlat boshqaruvida malakasini oshirish markazi»ni tashkil etish bo’yicha XEI tomonidan grand yordamini ajratish to’g’risidagi bitim imzolandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq