«Perspektywy Women in Tech Summit 2019» (Varshava) — IT-ayollar va qizlar delegatsiyasi ishtiroki
21.11.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Yaqinda noyabr kunlari Varshavada (Polsha) Yevropada texnologiya sohasidagi ayollarning rolini oshirishga bag‘ishlangan «Perspektywy Women in Tech Summit 2019» bo‘lib o‘tdi.

Tadbir dasturi samarali va foydali tashkil etildi: yuqori texnologiyalar va tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzularda davra suhbatlari, ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni egallash va IT sohasiga ayollarning jalb etilishini oshirish bo‘yicha seminarlar, shuningdek, yosh qizlarning “murabbiylik zonasi” tashkil etildi. IT industriyadagi muvaffaqiyatli ayollar bilan suhbatlashish va qiziqtirilayotgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Konferensiyaga olimlar, biznes vakillari va IT mutaxassislari — 20 mamlakatdan uch mingdan ortiq delegatlar tashrif buyurishdi. Davra suhbatlarida O‘zbekiston IT universitetlari vakillari ishtirok etdilar. Sammit doirasida ular seminarlarda, munozaralarda qatnashdilar va axborotlashtirish-raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

IT-ayollar va qizlar delegatsiyasi axborot texnologiyalari va muhandislik kelajagini muhokama qildilar, sohaning imkoniyatlarini o‘rgandilar, ilmiy va texnik bilimlarini yangilab, o‘zlarining professional mavqelarini rivojlantirishga yonaltirishdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Sammitning har bir ishtirokchisi ko‘plab seminar, panel taqdimotlari va ko‘rgazmalaridan eng qiziqarlilarini tanlab olish va unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, sammitda ko‘rgazma maydoni tashkil etildi, unda ishtirokchilar yuqori texnologiyalar sohasidagi yetakchi kompaniyalar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq