Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Skolkovo” innovatsion markazi oʻrtasida kelishuv imzolandi
21.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markaziga tashrif buyurib, “Skolkovo” jamgʻarmasi raisi Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashdi.

Uchrashuv joriy yilning oktyabr oyida Moskva shahrida yuqori darajada oʻtkazilgan “Ochiq innovatsiyalar-2019” xalqaro innovatsion rivojlanish forumining natijalariga koʻra “Skolkovo” innovatsion markazi bilan hamkorlik oʻrnatish, innovatsiya hamda axborot-kommunikatsiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga bagʻishlandi.

“Skolkovo” innovatsion markazida qad koʻtargan yangi binolar, oʻquv maskanlari, turar joy majmualari, ishlab chiqarish inshootlari, tadqiqot laboratoriyalari, tibbiy klasterlar va markazda olib borilayotgan faoliyat oʻzbekistonlik delegatsiya aʼzolarida katta taascurot qoldirdi.

– “Skolkovo”innovatsion ilmiy yoshlar shaharchasining haqiqiy namunasi boʻlibdi, – dedi vazir. – Markaz faoliyati bilan tanishish asnosida erishgan muvaffaqiyatlaringizni kuzatib, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishimiz zarurligiga yana bir bor amin boʻldim. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassacalarida muntazam “Skolkovo” innovatsion markazining tajribasini oʻrganishga bagʻishlangan vebinarlar tashkil etish lozim.

Tomonlar uchrashuv davomida, shuningdek, Oʻzbekistondagi startap loyihalarining “Skolkovo” innovatsion markazida oʻtkaziladigan demo-kunlarda ishtirok etishim masalasini muhokama qildilar.

A. Dvorkovich Oʻzbekistonda startaplarni qoʻllab-quvvatlashga, bu sohadagi tajribalar bilan oʻrtoqlashishga, startapchilarning malakasini oshirishga yordam berishga tayyor ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, kelgusi yilning ikkinchi yarim yilligida startap turne oʻtkazishni rejalashtirilganini va bu turne doirasida “Skolkovo“ innovatsion markazining yetakchi mutaxassislari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, yurtimiz startap ekotizimi vakillari uchun oʻquv kurslari tashkil etishlarini maʼlum qildi.

Oʻz navbatida “Skolkovo”dagi xalqaro gimnaziyasida yoshlarni oʻqitish, oʻzbek mutaxassislarining malakasini oshirishga kelishildi.

Keyingi aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish maqsadida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va “Skolkovo” jamgʻarmasi raisi Arkadiy Dvorkovich hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzoladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq