Uchuvchisiz uchish apparatini yashirincha olib kirishga uringan kimsa to‘xtatib qolindi
20.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Turli ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklarining yashirin yo‘llar bilan yurtimizga olib kirilishiga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib borishmoqda.
Jumladan, “Dout-ota” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro A.Z. ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada ushbu shaxsning qo‘l yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparatini tegishli hujjatlarsiz mamlakatimizga olib kelayotganlini aniqlandi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritildi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.