2019-yil Butunjahon radioaloqa konferensiyasi bo’lib o‘tmoqda
20.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) bo’lib o‘tmoqda.

Ushbu konferensiyada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etmoqda.

Har uch-to’rt yilda bir marta o’tkaziladigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi XEI Radioaloqa reglamentini, radiochastota spektri va sun’iy yo’ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qayta ko’rib chiqishga vakolatli. BRK-19 natijalari cheklangan orbital-chastota resurslaridan foydalanishni oxirgi foydalanuvchilar manfaati uchun boshqarishni yaxshilaydi, tartibga solish organlari va umuman butun dunyo bo’ylab radioaloqa uchun ta’sir ko’rsatadi.

BRK-19da raqamli iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydigan va telekommunikatsiya va AKT sohasiga katta ta’sir ko’rsatadigan eng zamonaviy texnologik yangiliklarga bo’lgan talablar ko’rib chiqiladi.

Xalqaro tashkilotlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, tarmoq operatorlari va tarmoq forumlarini ifodalovchi 193 XEI ga a’zo davlatlardan 3500 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek XEI radioaloqa sektorining 267 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.

BRK-19 ishi davomida XEI Radioaloqa sektorining so’nggi to’rt yil davomida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini ko’rib chiqish va muhokama qilish, shuningdek, XEI va mintaqaviy tashkilotlarning (BRK-19) kun tartibi masalalari bo’yicha ulushlari (takliflari) asosida 30 dan ortiq masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilinadi.

BRK-19 ishi 22-noyabrgacha davom etadi. Ushbu konferensiy doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning bir qator uchrashuvlari belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq