Mobicon 2019 konferensiyasida ma’ruzachilarning chiqishlari dasturi e’lon qilindi
19.11.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2019 konferensiyasining rasmiy saytida tadbirma’ruzachilarining chiqishlari aks ettirilganto‘liq dasturi e’lon qilindi. Konferensiyaning ochilish marosimi soat 9:00 da boshlanadi. Ma’ruzachilarning chiqishlariInternational Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita parallel bo‘limlarida to‘liq bir kun davom etadi. Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi.

Bu yil bir kun davom etadigan konferensiyadaRossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan tashrif buyurgan 20 nafardan ziyod ma’ruzachilar chiqish qilishadi. Xalqaro ma’ruzachilar jamoasida Yandex(yandex.uz izlash va portali, shuningdek Yandex.Dengi), Mail.ru Group, 2GIS, Formula 55, “Odnoklassniki” va boshqa xalqaro kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etishadi.

Tinglovchilarni mobil va Internet-marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislarning qiziqarli taqdimotlari kutmoqda. Ushbu konferensiya ketma-ket to’rtinchi marotaba o‘tkazilmoqda.

Mobicon 2019 tashkilotchisi — Ledokol Group, O‘zbekistondagi yetakchi media agentligi.

Tadbirning rasmiy hamkorlari: Yandex, CLICK, CafePHO, AVTECH.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish rasmiy @mobiconuzb Telegram kanali orqali amalga oshiriladi. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin, aynan shu yerda elektron taklifnoma chiptasi e’lon qilinadi.

Konferensiyaning rasmiy veb-sayti: mobicon.uz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq