Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi informatika va axborot texnologiyalari olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda
18.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

16-noyabr kuni Toshkent shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi informatika va axborot texnologiyalari olimpiadasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu olimpiadada 2018-2019 o‘quv yilida hududiy xalq ta’limi va kasb-hunar ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lib (1-2-3-o‘rin), hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf, akademik litseylarning 1- va 2-bosqich hamda kasb-hunar kollejlarining 3-bosqichida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar olimpiadada 5 ta dasturlashga doir masalalarni 3 soat mobaynida C++, Pascal va Delphi dasturlash tillaridan foydalanib yechishlari kerak.

Olimpiada informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirishning saralash bosqichlaridan biridir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq