TATU xodimi Yaponiyada JICA va FUJITSU kompaniyalari trening kurslarida ishtirok etmoqda
18.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Hozirgi kunda elektron hukumat tizimini takomillashtirish maqsadida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi loyihalar va xizmatlar yaratilib, keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Interaktiv xizmatlarni taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo’lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratish bu boradagi ilg’or mamalakatlar, xususan, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Avstraliya va boshqa davlatlar tajribasini o’rganish, uni mamlakatimiz elektron hukumat tizimiga joriy etishga bog’liq.

O’z navbatida, elektron hukumat tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, ushbu sohada faoliyat yurituvchi kadrlarning malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 — yil 15 — martdagi PQ-2834 sonli “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni o’z vaqtida, mukammal bajarish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o’z professor-o’qituvchilarini dunyoning rivojlangan davlatlari akademiyalari, universitetlari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka dasturlarida ishtirok etishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi, ushbu jarayonga alohida ahamiyat beradi. Shu maqsadda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O’zbekistondagi vakolatxonasi «AKT sohasida personal ko’nikmalarini oshirish» grant dasturi haqida e’lon qilgan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi o’qituvchisi Soatov Husan Gayratovich tanlovdan muvaffaqiyatli o’tdi hamda ayni kunlarda stajirovka kurslarida ishtirok etmoqda. Qariyb besh oy (10/2019-03/2020) davom etadigan trening kurslari Yaponiyaning Okinava xalqaro markazida JICA va Fujitsu Co.Ltd tomonidan olib borilmoqda.

H.Soatov ishtirok etayotgan kurslar elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, operatsion tizimlar, dasturlash va axborot xavfsizligi, telekommunikatsiyalar infrastrukturasi, korxonalar IT-arxitekturasi, loyihalarni boshqarish bilan bog’liq bir qator fanlarni (e-government, ICT development/Big Data/Cloud Computing/IoT, Telecommunications infrastructure, BCM basics, Making information security management system, Project management va h.k.) o’z ichiga qamraydi.

Trening kurslari shuningdek, bir oy mobaynida Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida ham bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq