Prezident ilgari surgan besh tashabbusni maktablarda amalga oshirishda AQSh ko‘magini jalb qilish masalalari muhokama etildi
18.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida AQSh Madaniyat va ta’lim Byurosining siyosiy masalalar bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Aleysha Vudvard bilan muzokara o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning ta’lim sohasidagi hamkorligi tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Yaqinda AQSh hukumati O‘zbekistonga xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun $50 million miqdorida grant ajratdi.

Ushbu grant O‘zbekistondagi maktablarda ingliz tili va informatika fanlarini o‘qitish, shuningdek o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) ni baholash bo‘yicha tadqiqotlar uchun yo‘naltiriladi.

Aleysha Vudvardning ta’kidlashicha, ta’lim mamlakatning poydevorini yaratadi. “Siz mamlakat kelajagini qurmoqdasiz. Siz bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz” dedi u.

Uchrashuv davomida AQSh delegatsiyasi O‘zbekistonda xalq ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlarni ko‘rib chiqdi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ta’lim sohasida, shu jumladan, mamlakatimiz Prezidentining beshta tashabbusi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, sport to‘garaklari hamda madaniy tadbirlarni tashkil etishda AQSh tajribasini o‘rganish va hayotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq