«Bosh vazir kubogi»: G‘oliblari yana bir bor taqdirlandi
17.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yaqinda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida «Bosh vazir kubogi» uchun futbol musobaqalari bo‘lib o‘tganidan habaringiz bor.

Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bahslari «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgandi.

Uchinchi o‘rin uchun bahslarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi jamoasi Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga qarshi bellashgandi. Ushbu uchrashuvda omad Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga kulib boqqandi. Vazirlik jamoasi «Bosh vazir kubogi»da 4-o‘rinni egallagandi.

Final bahsida esa Oliy sud jamoasi «O‘zbektelekom» AK jamoasiga qarshi to‘qnash kelgandi. Keskin va o‘ta murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda Oliy sud jamoasi kichik – 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi va «Bosh vazir kubogi» sohibiga aylangandi. «O‘zbektelekom» AK jamoasiga 2-o‘rin nasb qilgandi.

E’tiborlisi, turnirda ishtirok etgan 60 jamoa ichida aloqa sohasidan bir emas, ikki jamoa hal qiluvchi bosqichgacha yetib kelib bevosita sovrin uchun kurashgandi.

«Bosh vazir kubogi»da vazirlikning 2 jamoasi ham yahshi natijalar ko‘rsatib 4-o‘rin va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

16-noyabr kuni tizimda sport turlarini keng rifojlantirish va tizim hodimlarini sport turlariga jalb qilish orqali sog‘lomlashtirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida jamoalar bilan uchrashuv va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. «Bosh vazir kubogi» g‘oliblariga vazirlikning sovg‘alri berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq