Qaysi kompaniyalar IT Park rezidentlariga aylanishdi?
16.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT Parkning asosiy maqsadlaridan biri O’zbekistonda innovatsion va raqobatbardosh mahsulotlarni, shuningdek, axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirishdir.

Shu maqsadda, IT Park yangi, istiqbolli va jadal rivojlanayotgan kompaniyalarni, shuningdek, IT bozorida allaqachon o’z o’rnini topgan kompaniyalarni  barcha qulaylik va imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan kompaniyalar sifatida o’z rezidentlari safiga qabul qilishga va ularni rivojlanishi uchun o’z yordamini berishga tayyor.

O’zbekistonda ko’plab iste’dodli, ijodkor, mard shaxslarning o’sib-ulg’ayayotgani, ularning ko’plari o’z g’oyalari va rejalarini amalga oshirish va innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etish uchun jamoalarga birlashayotgani insonni xursand qilmasdan  qolmaydi albatta. Biz ularning har biri bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Biroq, IT Park rezidentlari safiga qo’shilish uchun, muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladigan puxta tanlovdan o’tish kerak.

Shunday qilib, faqat eng yaxshi va istiqbolli kompaniyalar IT Parkning rezidentlari bo’lishlari mumkin. Ularning kimligini bilmoqchimisiz?

  1. IT Parkning birinchi rezidenti – “REVOCHAIN ​​TECHNOLOGY MChJ”. Kompaniya dasturiy ta’minot va autsorsing xizmatlari bilan shug’ullnadi. Rezident transport, tibbiyot, bank ishi, buxgalteriya va boshqa sohalarida talab katta bo’lgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya tarkibida dasturchilar, tizim ma’murlari mavjud. Shuningdek kompaniya chet el kompaniyalariga masofadan yordam beruvchi o’z call-markaziga, boshqa kompaniyalarga texnik yordam ko’rsatadigan texnik xodimlarga ega. Korxonada 100 dan ortiq mutaxassislar ishlamoqda.
  2. «GREPIT» MChJ kompaniyasi Yevropada asosiy filialiga ega bo’lgan Toshkentdagi yirik ma’lumotlar va sun’iy intellektga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyadir. Ularda ilg’or texnologiyalardan foydalanadigan juda qiziqarli va murakkab loyihalar mavjud. Shuningdek, kompaniya O’zbekiston va Shvetsiyadagi yuqori darajadagi muhandislar bilan hamkorlikda, axborot texnologiyalari sohasida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha ham o’z xizmatlarni taqdim etadi.
  3. «MICROS TRAING CENTER» xususiy korxonasi – IT sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bugungi kunda kompaniya 65 dan ortiq o’quv kurslarini taklif qiladi. «MICROS TRAING CENTER» ning ajralib turadigan xususiyati shundaki  u yerdagi maxsus tanlab olingan, tabiiy fanlarning turli sohalarida dars berishda katta tajribaga ega fan nomzodlari va ilmiy darajalariga ega fan doktorlari, shuningdek, ilmiy unvonga sazovor bo’lgan professor va dotsentlardan tarkib topgan o’qituvchilar tarkibidadir.
  4. «Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi» MCHJ – 2019-yil iyul oyida tashkil etilgan. Markazning asosiy faoliyati axborot tizimlari va axborot resurslarini rivojlantirish, texnik xizmat ko’rsatish va integratsiyalash, texnik va loyihaviy hujjatlarini ishlab chiqish, axborot texnologiyalari orqali ilg’or yechimlarni ishlab chiqish orqali xizmatlarni taqdim etishdan iborat.
  5. «AMEDIA ONLINE GROUP» MCHJ – Apteka.uz va Stroyka.uz onlayn platformalarini boshqaradi va rivojlantiradi. Apteka.uz portali allaqachon tibbiyot sohasi vakillari: shifokorlar, farmatsevtlar va savdo vakillari uchun dori-darmonlar to’g’risidagi asosiy ma’lumot manbaiga aylanib ulgurgan. Kompaniya mamlakat hududlarida o’z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Hozirgi kunda portalning asosiy bozori – bu Toshkent shahri hisoblanadi. Stroyka.uz  portali uy-joy, shahar atrofi va sanoat qurilishi uchun ishonchli sheriklarni tanlash, shuningdek, kvartira va ofislarni ta’mirlash, bezatish masalalarini hal qilishda yordam beradigan qurilish materiallari, mashina va uskunalar narxlari to’g’risidagi eng ommabop ma’lumotlarni taqdim etadi. Kerakli ma’lumotlarni qidirish qurilish materiallarining nomlari, ularning tasnifi, tashkilotlarning nomlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
  6. «PRIME MEDIA SOLUTION» MCHJ –  dasturlarni mahalliylashtirish va ilgari surish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi bozoriga dasturiy mahsulotlarni integratsiyalashtirish bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ushbu yo’nalishdagi asosiy faoliyat – yetkazib beruvchi va iste’molchi o’rtasida axborot-texnik hamkorlikni tashkil etish, o’z loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish uchun mahalliy infratuzilmani yaratish, shuningdek, turli xil xorijiy kompaniyalarning tajribasi va innovatsion yechimlarini axborot texnologiyalari sanoatiga joriy etishdan iborat.
  7. «EXACTIT» tashkilotlarga ijodiy fikrlashga yordamida yangi biznes imkoniyatlari va texnik innovatsiyalarga asoslangan yangi raqamli strategiya va texnologiyalarni baholash, tuzish va aniqlashga yordam beradi. Kompaniya dasturiy ta’minot yechimlarini, mobil ilovalarni, murakkab mahsulotlar va platformalarni, raqamli konversiya xizmatlarini va raqamli marketing texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tezkor dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda va eng yaxshi texnik mutaxassislarning kuchli tomonlaridan foydalanadi.
  8. «XT Xarid Texnologiyalari» xususiy korxonasi mutlaqo yangi mahsulot – elektron tender tizimlari va takliflarning elektron tanlovi bilan davlat xaridlari bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Asosiy faoliyat yo’nalishi – davlat va korporativ xaridlarni tashkil qilish uchun raqamli platformalarni ishlab chiqish va texnik xizmat ko’rsatishdan iborat.
  9. «Applied Labs LLC» kompaniyasi tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish va butun dunyo bo’ylab tashkilotlar uchun autsorsing xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning asosiy mijozlari moliyaviy muassasalar, IT-xizmatlarning integratorlari, shuningdek Shimoliy Amerika va Buyuk Britaniya mintaqalaridagi elektron tijorat yechimlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan kompaniyalardir.
  10. «BIG DATA SCIENCE» MCHJ kompaniyasi – bank sektori uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bilan shug’ullanadi.
  11. «Global Solutions Development» xususiy korxonasi – har qanday murakkablikidagi dasturiy yechimlarni ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya  “GLOBAL SOLUTIONS” kompaniyasi tomonidan tashkil topgan. Rezident bir qator IT xizmatlarini taqdim etishi va O’zbekiston bozorida yetakchi kompaniyalar bilan ishlash tajribasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq