Olmazordagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”ning sertifikatlari topshirildi
16.11.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlatimiz rahbari tomonidan Respublikamizdagi yoshlarga katta ahamiyat berilib, “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish” bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

Ushbu 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi — Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishdir.

Mazkur yo‘nalishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazi tasarrufidagi “Abdulxamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon” nomidagi kutubxona binosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” Olmazor tumani filiali tashkil etildi.

TATU qoshidagi “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”tomonidan aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni amalga oshirish maqsadida 2 nafar o‘qituvchi biriktirilib, “Kompyuter savodxonligi”, “Dasturlash” o‘quv kurslari bo‘yicha dasturlar tasdiqlandi.

Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari Markazning faoliyatini to‘laqonli olib borilishida hamda o‘quv kurslariga o‘quvchilarni doimiy keng jalb qilish maqsadida Olmazor tumanida joylashgan maktablarda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borib, Markazga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kuni kecha Olmazor tumanida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” filialida Olmazor tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimlaridan 22 nafari kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirgan holda o‘quv kursini yakunladilar.

Ularga o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari uchun Markaz tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq