Erasmus+ NICOPA loyihasi bo‘yicha Berlin Texnika Universiteti bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda
16.11.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish sohasida “Qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar yaratish (NICOPA)” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha 2018-2021 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda loyihaga oid ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. NICOPA loyihasi qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Bu o‘quv kurslari geografik axborot tizim, katta ma’lumotlar bilan ishlash, masofadan zondlash texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘quv kurslarida yangi va innovatsion ta’lim dasturlarini ishlab chiqish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish va bugungi mehnat bozori hamda jamiyat uchun katta ahamiyat kasb etadigan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bilim va ko‘nikmalari darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Loyiha tashabbuskorlari bu borada bir qancha xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan, loyiha doirasida joriy yil 19-30 avgust kunlari Berlin Texnika Universitetida loyihaning barcha qatnashuvchilari va hamkorlari ishtirokida trening tashkil qilindi va universitetimizning professor-o‘qituvchilari, jumladan loyiha koordinatori va a’zolari mazkur treningda faol qatnashib kelishdi.

Trening davomida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglandi va o‘zaro tajriba almashildi:

— GIS Internet, Mobile, and Distributed GIS), (GIS Advanced Methods for Geospatial Analysis;

— Deep learning in Computer vision;

— GIS Data processing and adjustment, Spatial databases and Infrastructures;

— Using of SENTINEL1-2-3 imagery;

— Space Geodetic Techniques;

— Remote sensing and Space Sensor Systems;

— Global Navigation Satellite Systems (NAVSTAR, GLONASS, GALILEO and etc.);

— Soft skills for Engineers, Start-up initiatives for future farmers;

— Management Marketing and Decision Making in PA;

— Big Data for PA;

— Precision Agriculture – characteristics, technologies, economic efficiency, optimal use of resources.

Mazkur kurslar asosida olinadigan nazariy va amaliy bilimdar hozirgi kunda dolzarb muammolarni yechishda, jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida aqlli tizimlarni yaratish, sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan ma’lumotlar asosida hududni kompleks monitoring qilish, masofadan zondlash va sensorlar texnologiyasi yordamida yerning xosildorligini aniqlash va oshirish kabi muammolarni yechishga xizmat qilishi mumkin.

Treningda barcha ishtirokchilar “Prescision Agriculture” yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq